» » Xitoydagi oynavand ko‘prik sayyohlar oyog‘i ostida “darz keta boshladi” (video)

Xitoydagi oynavand ko‘prik sayyohlar oyog‘i ostida “darz keta boshladi” (video)


Xitoydagi oynavand ko‘prikda maxsus effekt ishga tushirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘prik ustida yurib ketayotgan erkakning oyog‘i ostidagi oynaning yorila boshlagani aks etgan. Ko‘rinishidan, qo‘lida bayrog‘i bo‘lgan erkak sayyohlarni olib yuruvchi gid bo‘lgan. Bu videoga TJournal e’tibor qaratdi.

Ko‘prik 1180 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uning ustida ketayotgan erkak tizzasi bilan yiqilib, chetga qochishga urinadi, biroq oyna yorilishda davom etadi.

Bir vaqtning o‘zida ko‘prik ustida boshqa bir erkak bemalol yurib ketmoqda. Shu sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yoriqlar haqiqiy emas, degan fikrga kelgan. Bu maxsus effekt bo‘lib, videoga e’tibor bergan tarmoq foydalanuvchilar bu effektlar sababli ko‘prik ustidan o‘tuvchi ba’zi kishilarda yurak xuruji yuz berishi mumkinligini ta’kidlagan.

Video tarqalgach, ko‘prik joylashgan Sharqiy Tayxanshan okrugi ma’muriyati bunga izoh bergan. Umga ko‘ra, bu maxsus effektli panel bo‘lib, ular ko‘prikning bir nechta qismida o‘rnatilgan. Kimdir panel ustiga qadam qo‘ygach oynaning yorilgan ovozi eshitiladi va “yoriqlar” paydo bo‘ladi. Okrugning xabarida ta’kidlanishicha, videodagi gid mazkur effektlar borligini oldindan bilgan.

Ma’muriyat odamlar bu effektlardan qo‘rqib ketganidan afsusdaligini bildirgan, biroq ularni olib tashlash rejalashtirilmayapti. Rasmiylar maxsus effektlarning qanday ishlashini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun odamlarning kelishiga umid qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют