» » Fotogalereya: Hech kim istiqomat qilmaydigan tashlandiq shaharlar

Fotogalereya: Hech kim istiqomat qilmaydigan tashlandiq shaharlar


Homeless World Cup Foundation ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 100 millionga yaqin boshpanasiz insonlar mavjud. Rossiyada ularning soni besh million nafarni tashkil etadi. Shunga qaramay Yevropa, AQSh, Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada bo‘sh yotgan butun boshli inshootlar , qishloqlar va hatto shaharlar mavjud. “Dom” nashri butun dunyo bo‘ylab tashlandiq yotgan shaharlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Eng mashhur arvoh-shaharlardan biri — Pripyat bo‘lib, u Chernobil AESidan 2 kilometr narida joylashgan. Shaharga 1970-yilda asos solingan, oradan 16 yil o‘tib, AES bilan sodir bo‘lgan mudhish hodisadan so‘ng, barcha aholi evakuatsiya qilingan.

Kadikchan — Magadan viloyatidagi sobiq posyolka bo‘lib, 2000-yillarning boshidan beri bu yerda hech kim yashamaydi. Avvallari bu yerda toshko‘mir qazib oluvchi tashkilotning xodimlari istiqomat qilgan. 1996-yilning kuzida shaxtalardan birida portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. Shundan so‘ng, shaxta yopilgan va odamlarning bu yerdan ko‘chib ketishi uchun pul berilgan. 2001-yilda bu yerdagi barcha uylar issiqlik va elektr energiyasidan uzib qo‘yilgan.

Rossiyada joylashgan yana bir arvoh-qishloq — shaxtyorlarning Piramida qishlog‘i. U G‘arbiy Shpisbergen orolida joylashgan. Bu yerda mingga yaqin odam doimiy istiqomat qilgan. Hozirda 1998-yilda yopilgan qishloqqa faqatgina turistlar tashrif buyurib turadi.

Amerikaning Pensilvaniya shtatida ham xuddi Piramidaning qismatiga duchor bo‘lgan shahar — Sentraliya mavjud. Bu yerda ham ko‘mir qazib olingan, biroq shaxtalarda yong‘in chiqqach ko‘mir sanoatiga putur yetgan. Sentraliya aholisi shaharni 1980-yilda tark etgan.

Bodi arvoh-shahri Kaliforniya shtatining Nevada bilan chegaradosh hududidagi Mono okrugi yaqinida joylashgan. Bodi oilasining a’zolari bu yerda oltin qazish ishlari bilan shug‘ullangan. XIX asr oxirida oltinning narxi tushib ketgach, bu yerda yashashdan foyda qolmagan. Shahar ancha vaqtga qadar kimsasiz yotgan va keyinchalik uni tarixiy bog‘ga aylantirilgan.

Suratda Chilining Atakama sahrosida joylashgan Xamberstoun shahri joylashgan. XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida bu yerda selitra qazib olingan. Shaharda uch mingga yaqin odam yashagan, selitra zaxiralari qolmagach, odamlar bu yerdan ko‘chib ketgan.

Varosha — Kiprning Famagusta shahrida joylashgan tashlandiq daha. 1974-yildagi turk bosqiniga qadar bu yer odatiy kurort shahar bo‘lgan. Kurort shaharga Elizabet Teylor va Brijit Bardo ham tashrif buyurgan. Ammo turklar Famagustani egallagach, Varoshа aholisiga bir sutka ichida ko‘chib ketish buyrug‘ini berishgan.

Bu yerda yangi hayot boshlashning baribir imkoni bo‘lmagan. BMT Xavsizlik Kengashi 1980-yilning o‘rtalarida ushbu dahadagi uylarga avvalgi xo‘jayinlaridan boshqa hech kim kirishi mumkin emas degan rezolyutsiyani qabul qilgan. Shunga qaramay varoshaliklar ortga qaytmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют