» » Fotogalereya: Yer yuzidagi eng noodatiy shaharlar

Fotogalereya: Yer yuzidagi eng noodatiy shaharlar


AdMe bir necha haftalik ta’tilni maroqli o‘tkazish mumkin bo‘lgan Yer sayyorasidagi eng noodatiy shaharlar haqida ma’lumot to‘plab taqim etdi.

Norvegiyaning ushbu Longyir shahrida o‘lish rasman taqiqlanadi. Shaharda qabriston mavjud, biroq 70 yildan beri marhumlarni qabul qilmaydi.

Bunga sabab muntazam sovuq tufayli jasad buzilmay turadi va yovvoyi yirtqichlarni o‘ziga jalb qiladi. Shaharda vafot etganlar samolyot yordamida mamlakatning boshqa shaharlariga olib boriladi.

AQShning Michigan shtatida Hell (Do‘zax) nomli shahar mavjud. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar “Do‘zaxga xush kelibsiz” yozuvi ostida suratga tushishni yaxshi ko‘radi.

Xitoyliklar barcha narsadan nusxa ko‘chira oladi. Hatto shaharlardan ham. Xitoyliklar mamlakatdan chiqmay turib o‘zlarini Yevropada yurgandek his qilishlari uchun Avstriyaning Xallshtatt shahridan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilgan.

Xitoy Xallshtattidagi ko‘chmas mulklar Avstriyadagidan qimmatroq turadi.

Tunis janubidagi Matmata shahrida hamon g‘or uylar saqlanib qolgan. 1970-yillarda shahar bo‘ylab yer ustiga uylar qurilgan bo‘lsada, ko‘plab mahalliy aholi avvalgidek g‘orlarda yashashni ma’qul ko‘rgan.

Marokashda Shaven nomli ajoyib shahar mavjud bo‘lib, u yerdagi uylar, devorlar, eshiklar va zinapoyalarning rangi ko‘k hamda havorang. Bu yerda qachonlardir yahudiylar yashagan va ular uylarini o‘zlari uchun muqaddas bo‘lgan ko‘k rangga bo‘yab chiqqan. Bu yerda yahudiylar bir necha yuz yildan beri yashamaydi, biroq an’ana saqlanib qolgan.

1947-yilda AQShning Rozuell shahri yaqiniga noma’lum jism qulab tushgan. Bu qanday jism ekanligi borasida hamon bahs-munozalar davom etmoqda. Shunga qaramay Rozuell shahri butun dunyoga o‘zga sayyoraliklar shahri sifatida tanildi.

Ispaniyadagi Setenil-de-las-Bodoges shaharchasi ulkan bazalit qoya bilan o‘ralgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют