» » O‘zbekistonda Qur’onni yodlashga ixtisoslashgan ilm dargohi borligini bilasizmi?

O‘zbekistonda Qur’onni yodlashga ixtisoslashgan ilm dargohi borligini bilasizmi?


Toshkent Islom institutining “Tahfizul-Qur’on” kafedrasi O‘zbekistonda Qur’oni karimni yodlashga ixtisoslashgan ilm dargohi hisoblanadi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Muassasa Respublikada Qur’oni karimni to‘liq yodlatishga ixtisoslashgan yagona bilim dargohidir. Bu kafedrada talabalar Qur’onni to‘liq yod olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu yerda o‘qish uchun Toshkent Islom instituti talabasi bo‘lish kifoya.
Hozirda ushbu ilm dargohida 80 ga yaqin talaba ta’lim olayotgan bo‘lsa, ularning aksariyati Qur’on karimni to‘liq yod oldi. Ular Respublika va xalqaro miqyosdagi qorilar musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, talabalardan Yunusov Zokirjon 2009-yili Eronda o‘tkazilgan qorilar musobaqasida ishtirok etgan bo‘lsa, Oxunjonov Dovudxon O‘zbekiston musulmonlari idorasi tavsiyasi bilan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida o‘tkazilgan nufuzli “Qorilar musobaqasida” qatnashdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют