» » Rossiyada yarim yil yashagan chet el fuqarosi haydovchilik guvohnomasini almashtirishiga to‘g‘ri keladi

Rossiyada yarim yil yashagan chet el fuqarosi haydovchilik guvohnomasini almashtirishiga to‘g‘ri keladi


Rossiya IIV kiritgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya hududida yarim yildan ko‘p yashagan chet el fuqarosi haydovchilik guvohnomasini almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Idora vakillarining qayd qilishicha, ayrim chet davlatlarda haydovchilik guvohnomasining muddati bo‘lmaydi, bu esa xorijliklarga Rossiyada muntazam tibbiy tekshiruvsiz mashina boshqarish imkonini beradi. Shu munosabat bilan shaxs Rossiyaga kirganidan yarim yil o‘tib uning haydovchilik guvohnomasini tan olmaslik taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, IIV fuqarolari mamlakatda o‘z milliy guvohnomalari yordamida professional haydovchi bo‘lib ishlashi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi. Bunday huquq Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga berilishi kutilmoqda.

Yangi qonun 2018-yil iyunidan kuchga kiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют