» » O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomalarini bir soat ichida berish va’da qilindi. Guvohnomani almashtirishning taxminiy narxi — EKIHning 55 foizi

O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomalarini bir soat ichida berish va’da qilindi. Guvohnomani almashtirishning taxminiy narxi — EKIHning 55 foizi


O‘zbekistonda 2017-yil oktabridan joriy etiladigan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini amalga kiritish bo‘yicha berilgan taklifda eski guvohnomani yangisiga almashtirish xizmati narxi eng kam oylik ish haqi (EKIH)ning 55 foizi (9-mart holatiga ko‘ra — 82 376,25 so‘m) miqdorida belgilangan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda oktabrdan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibiga ko‘ra, haydovchi guvohnomani almashtirish sanasigacha bo‘lgan 12 oy davomida haydovchilik stajiga ega bo‘lsa, guvohnoma imtihonsiz almshtiriladi. Aks holda haydovchi guvohnomani almashtirish uchun imtihon topshiradi.

Haydovchilik staji 12 oy davomida haydovchining nomida avtotransport vositasi borligi yoki unga avtotransport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma berilganligiga qarab belgilanadi.

Guvohnomani almashtirish jarayoni bir soat ichida amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Yangi haydovchilik guvohnomasida qoidabuzarliklar yoziladigan talon bo‘lmaydi. Chunki barcha qoidabuzarliklar elektron bazada saqlanadi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 00:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют