» » O‘zbekiston chorrahalarida chapga burilish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston chorrahalarida chapga burilish taqiqlanishi mumkin


O‘zbekistonning avtomobillar qatnovi yuqori bo‘lgani chorrahalarida chapga burilish taqiqlanishi mumkin.

Bu haqda 9-mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari tomonidan ma’lum qilindi.

Tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan mazkur qoida shaharlarning chorrahalarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Chapga burilish taqiqlangan taqdirda, avtotransport vositalari chorrahadan to‘g‘riga harakatlanib, belgilangan joydan qayrilib olishi va o‘z yo‘nalishida davom etishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etish joiz, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida yangi qurilgan Nurafshon aylanma ko‘chasining qator chorrahalarida joriy etish rejalashtirilayotgan qoidadek manzaraga guvoh bo‘lish mumkin — chorrahalar uzra “Harakatlanish to‘g‘riga” belgisi o‘rnatilgan bo‘lib, undan 50—100 metr narida qayrilib olish uchun belgilgan joylar bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют