» » Pensionerlar uchun bepul metro, ikki qoidabuzarlikni qayd etadigan Toshkent kameralari, “Barselona” mo‘jizasi va kunning boshqa muhim xabarlari

Pensionerlar uchun bepul metro, ikki qoidabuzarlikni qayd etadigan Toshkent kameralari, “Barselona” mo‘jizasi va kunning boshqa muhim xabarlari


9-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Pensionerlar uchun Toshkent metrosida yurish 10:00 dan 16:00 gacha bepul bo‘ldi. Toshkent metrosining pensionerlar sabab yo‘qotgan daromadlari O‘zbekiston budjeti hisobidan qoplanadi.

2. Toshkent chorrahalaridagi kameralar dastlab faqat qizil chiroq va tezlik oshirish qoidabuzarliklarini qayd etadi. “Uch-to‘rt oydan so‘ng” telefondan foydalangan va kamar taqmagan haydovchilarga ham jarima yozish boshlanadi.

3. O‘zbekiston chorrahalarida chapga burilish taqiqlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida yangi qurilgan Nurafshon aylanma ko‘chasining qator chorrahalarida joriy etish rejalashtirilayotgan qoidadek manzaraga guvoh bo‘lish mumkin.

4. Fantastika! “Barselona” 4 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Fantastik g‘alaba 0:4 keyin ham “Barselona”ga ishonishda davom etganlar uchun bag‘ishlandi.

5. Foto: Yulduz Usmonova yangi tug‘ilgan qiz nabirasi bilan suratga tushdi. Xonanda Nilufar Usmonova 7-mart, seshanba kuni uch o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandni dunyoga keltirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют