» » WhatsApp’da foydalanuvchilarni kuzatish imkonini beruvchi zaiflik aniqlandi

WhatsApp’da foydalanuvchilarni kuzatish imkonini beruvchi zaiflik aniqlandi


WhatsApp messenjerida yomon niyatli kimsalar foydalanuvchilar haqida ma’lumotni qo‘lga kiritishiga imkon beruvchi zaiflik aniqladi. Muammoni aniqlagan dasturiy ta’minot yaratuvchisi Rob Xiton bu haqda o‘zining saytida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Zaiflik WhatsApp’da foydalanuvchi kontaktlar ro‘yxati orqali tarmoqqa oxirgi marta qachon kirganini ko‘rish mumkin bo‘lgan imkoniyatga bog‘liq. Odatiy tarzda yoqilgan ushbu parametrni o‘chirib qo‘yish mumkin, ammo foydalanuvchi o‘zining “onlayn” ekanligini yashira olmaydi.

Xiton Chrome brauzeri uchun maxsus kengaytma yozib, kontaktning tarmoqda paydo bo‘lganligini bildiruvchi ma’lumotlar yig‘ilgan holda kuzatuv ostidagi obyektning kun tartibini aniqlash mumkin ekanligini namoyish etdi.

Bundan tashqari, Xiton messenjerning ikki nafar foydalanuvchisini kunlik faolligi grafiklarini tuzib chiqib, ularga o‘zaro suhbatlashadimi yoki yo‘q, agarda “ha” bo‘lsa, qaysi vaqtlarda suhbatlashishini yuqori ehtimolik bilan aniqlash mumkinligini ko‘rsatib berdi.

Uning fikricha, yomon niyatli kimsalar bu orqali foydalanuvchilarni kuzatishda foydalanishi mumkin, olingan ma’lumotlar esa sug‘urta kompaniyalari va kredit agentliklari uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют