» » Xakerlar 11 mln amerikalikning haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritdi

Xakerlar 11 mln amerikalikning haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritdi


Xakerlar AQShdagi Equifax kredit tarixlari byurosi ma’lumotlar bazasiga kirib, 10,9 million amerikalikning haydovchilik guvohnomalaridagi ma’lumotga ega bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Equifax sentabrda 2017-yil mayidan iyuliga qadar xakerlar kompaniya veb-saytidagi dastur xavfsizlik tizimi zaifligidan foydalanib, ijtimoiy sug‘urta raqamlari, tavallud sanalari, manzillar, qator holatlarda esa haydovchilik guvohnomasi raqamlarini qo‘lga kiritganini bildirgandi. Ular shu tariqa 145,5 million kishiga tegishli ma’lumotlarni o‘g‘irladi. 

Shuningdek, xakerlar Britaniyadagi mijozlarga oid 2011—2016-yillarga taalluqli 15,2 million yozuvni o‘zida saqlovchi faylga ham hujum uyushtirdi. 

Equifax rahbari Richard Smit mijozlardan uzr so‘radi. Kompaniyaning axborot va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari lavozimidan bo‘shatildi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют