» » O‘zbekiston birinchi marta 2020-yili MDHga raislik qilish niyatini bildirdi

O‘zbekiston birinchi marta 2020-yili MDHga raislik qilish niyatini bildirdi


MDH davlat rahbarlari kengashining keyingi sammiti 2018-yil sentabrida Tojikistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda xalqaro tashkilot ijrochi kotibi Sergey Lebedev Sochi sammitidagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“MDH raisligini keyingi yil Tojikiston qabul qilinishini inobatga olib, ushbu mamlakat prezidenti Emomali Rahmon MDH davlat rahbarlari kengashi sammitini 2018-yil sentabrida Dushanbeda o‘tkazishni taklif qildi”, — dedi Lebedev.

Ijrochi kotib, shuningdek, 2018-yili Turkmaniston MDHga hamrais bo‘lishini, 2019-yili esa raislikni qabul qilishini bildirib o‘tdi.

“MDH faoliyatini saqlab qolishga qiziqish borligini shu ko‘rsatmoqdaki, 2020-yili raislik qilishga biryo‘la ikki delegatsiya niyat bildirdi, diqqatga sazovori, Hamdo‘stlik tarixida birinchi marta 2020-yilgi raislik uchun O‘zbekiston taklif kiritdi”, — qo‘shimcha qildi Lebedev.

Uning fikricha, bunday do‘stona, birodarlarcha muhitda O‘zbekiston va Moldova delegatsiyalari rahbarlari 2020-yili kim raislik qilib olishini kelishib oladi.

“Vaqt hali bor”, — xulosa qildi ijrochi kotib.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют