» » Kanadadagi ko‘lda bug‘u va bo‘ri jang qildi (video)

Kanadadagi ko‘lda bug‘u va bo‘ri jang qildi (video)


Kanadalik Den Naystedt Shimoliy Ontariodagi ko‘lda bug‘u va bo‘ri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan olishuvni tasvirga oldi. Olti daqiqalik kurash DJI Phantom 4 Pro rusumli dronda tasvirga olingan, deb yozmoqda TJournal.

O‘lchamlardagi yaqqol farqqa qaramasdan, bo‘ri o‘rmon ichidan chiqib kelgan va sayoz suvda turgan bug‘uga tashlangan. Hayvonlar o‘rtasidagi jang uzoq davom etgan. Bo‘ri bug‘uning orqa oyog‘idan tishlab olgan.

Biroz vaqtdan so‘ng bug‘u bo‘ridan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va sekin ketishga harakat qilgan. Biroq bo‘ri uni ketishga qo‘ymagan va ta’qib qilgan.

Yakunda bug‘u chuqur suvli joyga yetib olishga muvaffaq bo‘lgan, yirtqich esa u tomonga borishga jazm qilmagan. Rolik oxirida Naystedt temir yo‘ldan turib ko‘ldan o‘ljasiz qaytayotgan bo‘rini kuzatib turgan boshqa ikkita bo‘rini tasvirga olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют