» » AQSh Davlat departamenti Rossiya diplomatik binolaridan bayroqlar g‘oyib bo‘lganiga izoh berdi

AQSh Davlat departamenti Rossiya diplomatik binolaridan bayroqlar g‘oyib bo‘lganiga izoh berdi


AQSh Davlat departamenti San-Fransiskodagi konsullik binosidan bayroqlar o‘g‘irlanganini bildirgan Rossiya elchixonasi da’vosiga izoh berdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

“Rossiyaning San-Fransiskodagi sobiq konsullik binosidan bayroqlar hurmat bilan tushirildi va binolarning har birida ishonchli saqlanmoqda”, — deyiladi AQSh departamenti vakili bayonotida.

Rossiya elchixonasi diplomatik mulkdan bayroqlar olinishini “navbatdagi sharmandali hodisa” deb atadi va bayroqlar qaytarilishini talab qildi. AQSh tomoniga mazkur holat yuzasidan keskin norozilik bildirildi.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi 11-oktabr, chorshanba kuni kechki payt San-Fransiskodagi konsullik binolaridan bayroqlar o‘g‘irlanganini ma’lum qildi. Konsullik 2-sentabrda Qo‘shma Shtatlar rasmiylari qaroriga ko‘ra yopilgandi.

Keyinchalik elchixona Rossiya bayroqlari Vashingtondagi savdo vakilligidan ham olib tashlanganini xabar qildi. Ushbu vakillik ham oldinroq yopilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют