» » Noqonuniy, soxta biletlar sabab Arashning “Istiqlol”dagi konserti qoldirildi

Noqonuniy, soxta biletlar sabab Arashning “Istiqlol”dagi konserti qoldirildi


Eronlik xonanda Arash 13-oktabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim qilishi belgilangan edi. Dasturning noqonuniy, soxta biletlari tarqab kelgani sababli konsertning o‘tkazilish vaqti 13-oktabrdan 31-oktabrga qoldirildi.

Bu haqda konsert tashkilotchisi, Nigora media group kompaniyasi rahbari Soim Nigora Muzaffar qizi jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Muxlislar tomonidan kuniga yuzlab qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, biz ko‘chadan arzonroq bilet sotib olyapmiz-ku, sizlarda nima buncha qimmat degan mazmundagi gaplar eshitdik. Keyin bilsak, soxta, noqonuniy biletlar tarqab ketgan ekan. O‘sha soxta biletlarni aniqlab, barchasini o‘rin-o‘riniga qo‘yish uchun, hammayoq tinch-osoyishta o‘tishi uchun anchagina vaqt kerak bo‘ladi. Kassadan bilet sotib olganlar uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi, biz o‘zimiz sotgan biletlarni yaxshi taniymiz. Bundan Arashning ham xabari bor, biz televideniye hamda radioga bergan reklamalarimizni va reklama bannerlarini ham 31-oktabr sanasi bilan boshqatdan chiqaramiz.

Soim Nigora Muzaffar qizi, konsert tashkilotchisi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 110) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют