» » Nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto va video)

Nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto va video)


MyDay nufuzli xalqaro tanlovlarda O‘zbekiston sha’nini himoya qilayotgan san’atkorlarni sanab o‘tdi.

Sabina Mustayeva

2015-yilda yosh ijrochi “Golos. Deti” tanlovida g‘alaba qozongan. Endi esa yosh, iste’dodli xonanda o‘zini shu tanlovning polyakcha turida sinab ko‘rmoqda.

Sardor Milano

2015-yil “X-faktor. Glavnaya ssena” nufuzli tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 2016-yilda esa “Golos” tanlovi finaligacha yetib kelgan xonanda bu yil “Novaya volna” festivali g‘olibiga aylandi.

Aziza Nizamova

24-sentabr kuni Qozog‘istonda I’m Singer shousiga start berildi. Mazkur shouda Aziza 14 nafar ijrochi bilan birgalikda eng yaxshi xonanda unvoni uchun kurashadi.

Asadbek Ayubjonov

11 yoshli dirijyor Moskva Davlat Simfonik Orkestrini boshqarib, “Rossiya” telekanalidagi “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvi tomoshabinlarini hayratga soldi.

Saida Saydiyeva

30-sentabr kuni Qozog‘istonda Silk Way Star 2017 xalqaro vokal tanlovi boshlandi. Xonanda Saida mazkur tanlovda O‘zbekiston sha’nini himoya qilmoqda.

U tanlovning birinchi turida Yulduz Usmonovaning “Dunyo” qo‘shig‘ini kuylab, loyihadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют