» » Pentagon Raqqada 400 nafargacha IShID jangarisi qolganini bildirdi 

Pentagon Raqqada 400 nafargacha IShID jangarisi qolganini bildirdi 


Suriyaning Raqqa shahrida 300 dan 400 nafargacha IShID jangarisi qolmoqda. Bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya rasmiy vakili Rayan Dillon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Dilonga ko‘ra, kurd va arab otryadlaridan iborat “Suriya demokratik kuchlari” iyun oyidan beri o‘tkazib kelayotgan hujum operatsiyalari natijasida Raqqa hududining 85 foizi ozod etildi.

“300 dan 400 nafargacha jangari nazorati ostida, taxminan, 1,5 kvadrat kilometr shahar dahalari, jumladan, stadion va kasalxona qolmoqda. Biz jangarilardan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qilamiz”, — dedi Dilon.

Raqqada 4 ming fuqaro qoldi, shahar kengashi ularning xavfsiz evakuatsiyasi haqida muzokara olib borishga urinmoqda. 10-oktabr, seshanba kuni shahardan 400 dan ortiq kishi olib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют