» » SpaceX Echostar kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi

SpaceX Echostar kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi


SpaceX 12-oktabr, payshanba o‘tar kechasi Echostar 105/SES-11 kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Falcon 9 raketa-tashuvchisi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi. Uning birinchi bosqichi suzuvchi platformagan beshikast qo‘ndi.

Raketa uchirilishi va uning birinchi bosqichi qo‘ndirilishi kompaniya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi. Boshlovchiga ko‘ra, mazkur muvaffaqiyatli qo‘nish hisob bo‘yicha o‘n sakkizinchisi bo‘ldi.

Yangi sun’iy yo‘ldosh Echostar (AQSh) va SES (Lyuksemburg) operatorlari tomonidan Shimoliy Amerika, Gavayi, Karib mintaqalari va Meksikada televizion signal hamda aloqani ta’minlash uchun foydalaniladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют