» » Yaponiyadagi Simmoe vulqoni harakatga keldi (foto va video)

Yaponiyadagi Simmoe vulqoni harakatga keldi (foto va video)


Balandligi 1421 metr bo‘lgan Simmoe — Miyadzaki va Kagosima (Kyusyu oroli) prefekturalari chegarasida joylashgan Kirisima-yama vulqonining 20 ta konusidan biridir, deb yozadi National Geographic.

Olti yillik sokinlikdan so‘ng, vulqon 2017-yilning sentabrida yana harakatga keldi: vulqon atrofida unchalik kuchli bo‘lmagan yer osti silkinishlari sezilgan. Simmoega eltuvchi yo‘llar yopilgan. 11-oktabr kuni vulqon o‘z kullarini 300 metr balandlikka qadar otdi.

Ertasi kuni esa kul ustunining balandligi 2 ming metrgacha ko‘paygan. Metrologik agentlik mazkur vulqon otilishini 5 darajalik tizimda 3-darajaga baholadi — bu yaqin 2 kilometr masofada yirik toshlar va boshqa zararli moddalar tushishi mumkinligini anglatadi.

Vulqon yaqinidagi to‘rtta aholi punkti kul buluti ostida qolgan. Aksariyat aholi o‘zini mufohaza qilish uchun ko‘chaga niqob taqib, soyabonda chiqmoqda. Taxminlarga ko‘ra, vulqon o‘zining faolligini bir muddat saqlab turadi. Shamol yo‘nalishining harakatiga qarab, kul atrofga tarqalishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют