» » Rossiya samolyotlari oktabr oyida Suriyada terrorchilarning 31 nafar yetakchilarini yo‘q qildi

Rossiya samolyotlari oktabr oyida Suriyada terrorchilarning 31 nafar yetakchilarini yo‘q qildi


Oktabr oyining boshidan beri Rossiya havo-kosmik kuchlari Suriyada 31 nafar yetakchi terrorchilarni yo‘q qildi. Bu haqda 13-oktabr kuni o‘tkazilgan brifing chog‘ida Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Sergey Rudskoy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Jinoiy to‘dalar yetakchilarini yo‘q qilishga alohida e’tibor berildi. Oktabr boshidan beri ularning 31 nafari yo‘q qilindi”, — dedi general.

Uning so‘zlariga qaraganda, 3-oktabrning o‘zida “Jabhat an-Nusra” yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniy og‘ir yaralandi, ushbu tashkilot xavfsizlik xizmati boshlig‘i Ahmad al-G‘izoiy, dala komandirlari Qusam Maxsum, Ahmad Xolid, Ali az-Zavaviy va boshqalar yo‘q qilindi.

“Suriya qo‘shinlari va Rossiya HKK aviatsiyasi tomonidan jinoiy to‘dalar deeskalatsiya zonasidan chiqib ketmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda”, — qo‘shimcha qildi Rudskoy.

Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Dayr az-Zavr atrofida 383 harbiy parvoz amalga oshirib, IShIDning 993 nishonini yo‘q qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют