» » Suriya armiyasi Rossiya ko‘magida 7 ming jangarini yo‘q qildi

Suriya armiyasi Rossiya ko‘magida 7 ming jangarini yo‘q qildi


Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiya Havo-kosmik kuchlari ko‘magida 10 ming kishilik jangarilar guruhining 7 ming kishilik qismini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

To‘qnashuv Xama shahri yaqinida ro‘y berdi. Jangarilar shahardan 15 kilometr nariga uloqtirib tashlandi, deb bayonot berdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-polkovnik Sergey Rudskoy.

Uning so‘zlariga qaraganda, “Jabhat an-Nusra” terrorchi guruhi 10 kishilik guruh to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Ilgariroq ular bir qator aholi yashash punktlarini egallab, Xamaga yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi.

“Jangarilarning yo‘qotishlari 6800 kishidan oshib ketdi”, — ma’lum qildi rossiyalik general.

Shuningdek, 68 zirhli texnik birligi, 22 “jihod-mobil”, og‘ir qurollanishga ega 260 avtomobil yo‘q qilindi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют