» » Suriya armiyasi Aleppo yaqinidagi 29 qishloqni IShID jangarilaridan ozod qildi

Suriya armiyasi Aleppo yaqinidagi 29 qishloqni IShID jangarilaridan ozod qildi


Suriya harbiylari Aleppo yaqinida joylashgan qariyb 30 ta aholi yashash punktini IShID jangarilaridan qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Harbiylarning axborotiga ko‘ra, Suriya armiyasi IShID bilan bo‘lgan keskin janglardan so‘ng 29 qishloqni nazoratiga olib, o‘zining nazorati ostidagi hududni Aleppodan shimoli-sharqqa tomon kengaytirgan. Xabarda janglar qancha vaqt davom etganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Suriya hukumat kuchlari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Palmirani egallagani ma’lum qilingan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют