» » Suriya armiyasi Palmirani egalladi

Suriya armiyasi Palmirani egalladi


Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lum qilishicha, Suriya hukumat kuchlari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Palmirani egalladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Shoygu prezident Putinga axborot bergan. Palmira shu vaqtgacha IShID terrorchilik tashkiloti nazorati ostida qolayotgan edi.

IShID jangarilari 2015-yil mayida Palmirani bosib olgan. 2016-yil martida Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida terrorchilarni shahardan quvib chiqargan. Bu Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi davomida erishilgan eng katta g‘alaba bo‘lgan edi. 2016-yil dekabrida IShID yana Palmirani egalladi, e’tiborli tomoni, Suriya armiyasi shaharni atigi bir necha kun ichida boy berdi.

1-mart kuni Iroqning Alsumaria telekanali IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘z tarafdorlariga murojaati haqida xabar berdi. Unda terrorchilik tashkiloti yetakchisi jangarilarni Iroq va Suriyaning tog‘li hududlariga “qochish yoki yashirinish”ga chaqirgan.

Iroqda hukumat kuchlari va nomuntazam jangovar tuzilmalarning Mosul shahriga yurishi davom etmoqda. Bu shahar ham IShID nazorati ostida edi. Hozirda jangarilar deyarli qurshab olingan, shaharning asosiy chiqish yo‘llari yopib qo‘yilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют