» » Eron prezidenti: AQSh yadroviy bitim shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartira olmaydi

Eron prezidenti: AQSh yadroviy bitim shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartira olmaydi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma’lum qilishicha, agarda mamlakat manfaatlari poymol etiladigan bo‘lsa, Eron “hech ikkilany shunga yarasha javob qaytaradi”. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Trampning Eron—Amerika munosabatlariga nisbatan ma’lum qilgan yangi strategiyasini tanqid qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Eron raketa va qurollardan faqatgina mudofaa maqsadida foydalanadi. “Bizning maqsadimiz doim o‘zimizni himoya qilish bo‘lgan. O‘zimizga kerakli bo‘lgan qurollarni ishlab chiqarishni davom ettiramiz. Va bugundan boshlab ushbu qurollarni yaratish borasidagi sa’y-harakatlarimizni ikki barobar oshiramiz”, — dedi Ruhoniy.

Ruhoniyning qayd etishicha, bitimning boshqa tomonlari unga sodiq qolmoqda: “Birorta prezident BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xalqaro bitimni bekor qila olmaydi. Bu Eron va AQSh o‘rtasidagi bitim emas. Jahonning yetakchi davlatlari AQShning yadroviy bitim borasidagi pozitsiyasiga qarshi chiqdi va Vashington yanada ko‘proq izolyatsiyada qoldi”.

Shuningdek, Eron rahbari barcha mintaqalardagi mojarolar va inqirozlar ortida Qo‘shma Shtatlar turgani borasida ham o‘z fikrini bildirdi. “Sizlar Eronning Fors ko‘rfazi ustidan uchib o‘tayotgan samolyotini urib tushirganingizni unutib qo‘ydingiz! Mintaqadagi urushlarni o‘zingiz boshlaganingizni unutib qo‘ydingiz! Afg‘oniston, Iroq, Suriya va boshqa mamlakat fuqarolarini qanday ahvolga solganingizni unutib qo‘ydingiz!”, — dedi Ruhoniy.

Eronning Islomiy inqilob soqchilari korpusiga nisbatan AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga izoh berar ekan, Hasan Ruhoniy “korpus mintaqada terrorchilikka qarshi kurashni hech qachon to‘xtatmasligini” ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют