» » Eron parvoz davomiyligi 2 ming kilometr bo‘lgan ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

Eron parvoz davomiyligi 2 ming kilometr bo‘lgan ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi (video)


Eron yangi “Xorramshahr” ballistik raketasining sinovi muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi. Raketa uchirilishi tasvirlangan video Press TV telekanali saytiga joylashtirildi, deb xabar berdi “RBK”.

Avvalroq, 22-sentabr kuni ushbu raketa birinchi bor Tehrondagi harbiy paradda namoyish etilgandi. Yangi ballistik raketa 2 ming kilometr masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan. Shuningdek, u bir nechta jangovar kallaklarni tashishga qodir.

Harbiy paradni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham kuzatgan. Uning ma’lum qilishicha, Eron keyinchalik ham o‘zining harbiy salohiyatini rivojlantirishni davom ettiradi va boshqa mamlakatlar bunga to‘sqinlik qila olmaydi. Ruhoniyning ta’kidlashicha, Eron o‘zining “mudofaa salohiyati”dan hech qachon hujum qilishda foydalanmagan. Eron prezidenti, shuningdek, mamlakat 2015-yilda erishilgan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga amal qilishini qayd etdi.

Harbiy parad 1980—1988-yillardagi Eron—Iroq urushi xotirasiga bag‘ishlangan Muqaddas mudofaa haftaligining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazildi. Xotirlash tadbiri har yili Eronda o‘tkaziladi. Raketaning nomi Iroq—Eron urushining birinchi janglari bo‘lib o‘tgan chegara bo‘yidagi Xorramshahr shahri sharafiga qo‘yilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют