» » La Liga. Bugun “Barselona”da ilk jiddiy sinov. Uni Madriddagi “Metropolitano”da “Atletiko” kutadi

La Liga. Bugun “Barselona”da ilk jiddiy sinov. Uni Madriddagi “Metropolitano”da “Atletiko” kutadi


Ispaniya La Ligasining 6-turidan joy olgan 1 ta uchrashuv kecha — juma oshqomida o‘tkazilgan bo‘lib, unda g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagandi. Bugun mazkur turning 4 ta o‘yinida La Liga yetakchilari maydonga chiqib keladi.

Markaziy o‘yin Madriddagi yangi “Vanda Metropolitano” stadionida kechadi. Mavsumdagi dastlabki 7 uchrashuvning barchasida zafar quchgan “Barselona” haqiqiy jiddiy raqib — “Atletiko” mehmoni bo‘ladi.

Chempionlik uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etilayotgan “Sevilya”ni ham bugun qiyin uchrashuv kutib turibdi. Andalusiyalik futbolchilar Bilbaoda “Atletik” mehmoni bo‘ladi, Madridning “Real” jamoasi futbolchilari esa “Xetafe” maydoniga safar etadi.

La Liga o‘yinlarini O‘zbekiston hududida namoyish etuvchi UzReport va “Futbol-TV” telekanallari 1 tadan uchrashuvni efirga uzatishni rejalashtirgan. “Futbol-TV” Madriddagi markaziy o‘yinni ko‘rsatadi, UzReport esa “Real” ishqibozlarini kutib qoladi.

Ispaniya La Ligasi
8-tur bellashuvlari
13-oktabr, juma

14-oktabr, shanba
“Atletik” — “Sevilya” (16:00)
“Xetafe” — “Real Madrid” (19:15)
“Alaves” — “Real Sosyedad” (21:30)
“Atletiko” — “Barselona” (23:45)

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют