» » Rossiyada kinoqahramonlardan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish iltimos qilindi

Rossiyada kinoqahramonlardan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish iltimos qilindi


Rossiya Madaniyat vazirligi rus filmlarining avtomobillar bor sahnada ishtirok etadigan ijobiy qahramonlariga taalluqli tavsiyalarni ishlab chiqdi va uni Rossiya Ichki ishlar vazirligiga jo‘natdi. Kinoijodkorlardan ularning qahramonlari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi so‘ralmoqda. Bu haqda ”Motor” xabar berdi.

Har ikkala vazirlik filmlarning mualliflari va rejissorlaridan kinoqahramonlar xavfsizlik kamarlarini taqishini, odatiy harakat vaqtida tezlikni oshirmaslikni so‘ramoqda.

Ma’lum qilinishicha, ijobiy qahramon xavfsizlik kamarini taqmasa, yo‘lni qizil chiroqda kesib o‘tsa, qarama qarshi yo‘nalishdagi qatnov qismiga chiqib ketsa, tezlikni oshirsa tomoshabinlar ongida noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.

Ayni vaqtda, Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasi vakillari kinoda “badiiy to‘qima”lar bo‘lishidan xabardorligini va poyga sahnalarida kinoqahramonlar “qoidalarga rioya eta olmasliklarini” yaxshi tushunishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bunda gap qat’iy talablar ro‘yxatini tuzish haqida gap ketmayapti. Tavsiyalar ro‘yxati Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovning topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют