» » “Barselona” ketma-ket 7 g‘alabadan keyin “Atletiko”ni yenga olmadi. Krishtianu “Real”ga 3 ochko keltirdi

“Barselona” ketma-ket 7 g‘alabadan keyin “Atletiko”ni yenga olmadi. Krishtianu “Real”ga 3 ochko keltirdi


Ispaniya La Ligasining yetakchi klublari 8-tur bellashuvlarini o‘tkazdi. Bunga qadar ketma-ket 7 tur davomida raqiblarini taslim qilib kelgan “Barselona” futbolchilari ilk jiddiy sinovda ochko yo‘qotdi.

Vanda Metropolitano arenasida “Atletiko” mehmoni bo‘lgan kataloniyalik futbolchilar Luis Suaresning goli sabab mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Ochko yo‘qotganiga qaramay, “Barselona” eng yaqin ta’qibchisini 5 ochko ortda qoldirgani holda peshqadam bo‘lib turibdi.

Madridning “Real” klubi esa safar uchrashuvida zafar quchdi. Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan gollar Zidan jamoasiga muvaffaqiyat keltirdi.

Mavsumda yaxshi davom etib kelayotgan “Sevilya” navbatdagi g‘alabasi bilan 2-o‘rinda yurishi mumkin edi. Biroq andalusiyalik futbolchilar yo‘liga bu safar “Atletik” to‘sqinlik qildi.

Ispaniya La Ligasi
8-tur bellashuvlari
13-oktabr, juma

14-oktabr, shanba

Gol: Mikel Vesga, 43 (1:0).

Gollar: Karim Benzema, 39 (0:1). Molina, 56 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 85 (1:2).

Gollar: Mikel Oyarsabal, 77 (0:1). Arits Elustondo, 81 (0:2).

Gollar: Saul, 21 (1:0). Luis Suares, 82 (1:1).

15-oktabr, yakshanba
“Eybar” — “Deportivo”
“Jirona” — “Vilyarreal”
“Malaga” — “Leganes”
“Betis” — “Valensiya”
“Las-Palmas” — “Selta”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют