» » Rossiyada temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun jarimalar oshirilishi mumkin

Rossiyada temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun jarimalar oshirilishi mumkin


Rossiya transport vazirligi temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilarga qo‘llanadigan jarima miqdorini 5 ming rublgacha oshirish haqidagi qonun loyihasini hukumatga kiritdi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Alan Lushnikov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Gap yopiq yoki yopilayotgan shlagbaum, svetoforning man etuvchi signalida temir yo‘l kesishmasiga chiqish, kesishmada to‘xtab turish yoki to‘xtash uchun jarima haqida ketmoqda. Hozir buning uchun ming rubl jarima ko‘zda tutilgan.

Hujjat vazirlik tomonidan 2015-yildan beri tayyorlab kelinardi. Lushnikovga ko‘ra, vazirlik dastlab 30 ming rubl miqdoridagi jarima qo‘llashni taklif qilgandi, biroq bahslar natijasiga ko‘ra summa kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-oktabr kuni Vladimir viloyatining Petushin tumanidagi Pokrov temir yo‘l bekatida stansiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. YTH oqibatinatijasida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют