» » O‘zbekistonda Yevropa investitsiya banki faoliyatini boshlaydi

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya banki faoliyatini boshlaydi


O‘zbekiston delegatsiyasining XVJ va Jahon banki boshqaruvchilari kengashlari yig‘ilishidagi ishtiroki doirasida Vashingtonda Yevropa investitsiya banki bilan mazkur muassasaning O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va YeIB vitse-prezidenti Vazil Xudok tomonidan imzolandi.

“Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda yanada faol bo‘lishi, odamlar ittifoq oxirgi paytlarda bu yerda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini his etishi biz uchun juda muhim. Mamlakatdagi yangilanishlar O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega ekanligi va Yevrosiyoda katta rol o‘ynashini ko‘rsatib turibdi”, — dedi Vazil Xudok.

Kelishuvda YeIBning O‘zbekistondagi faoliyati shartlari belgilandi. Bank va u moliyalashtiradigan loyihalarga mamlakatda taqdim etiladigan kafolatlar, imtiyozlar va soliq yengilliklari ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur hujjatning imzolanishi YeIB moliyaviy resurslaridan O‘zbekistondagi yirik ijtimoiy-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda foydalanish imkonini berishi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют