» » Mashhurlarning sahna va kundalik liboslari (foto)

Mashhurlarning sahna va kundalik liboslari (foto)


MyDay san’atkorlarning sahnada va kundalik hayotda qanday uslubda kiyinishni afzal ko‘rishini aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.

Xonanda Nilufar Usmonova

To‘rt farzandning onasi, xonanda Nilufar Usmonovani sahnada bashang liboslarda ko‘rish mumkin bo‘lsa, hayotda did bilan tanlangan, qulay va oddiylik tarafdori ekanligini kuzatish mumkin.

Xonanda Shahzoda

Shahzoda sahnada ham, kundalik hayotda ham doim nafis ko‘rinish tarafdori ekanligi hech kimga sir emas.

Xonanda Rayhon

Rayhon sahnaga muxlislar qarshisiga o‘ta yorqin va dabdabali liboslarda chiqsa, hayotda qulay va bejirim ko‘rinishda yuradi.

Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova

Aktrisa kasbi tufayli doim ommaviy tadbirlarda bashang liboslarda ko‘rinish bersa, kundalikda qulaylikni afzal ko‘radi.

Aktrisa Shahzoda Muhammedova

Shahzoda Muhammedova serqirra ijodkor bo‘lganligi bois sahna liboslarini odatda o‘zi yaratadi. Ular barchasi betakror va go‘zal. U hayotda ham doim ko‘rkam ko‘rinishda.

Aktrisa Sitora Farmonova

Aktrisaning sahna va kundalik liboslari zamonaviy.

Xonanda Leyli

Tadbirlarda nafis liboslarni hush ko‘ruvchi xonanda kundalik hayotda qulay tarzda kiyinadi.

Xonanda Umidaxon

Umidaxon sahnada ham, kundalik hayotda ham liboslariga sinchkovlik bilan yondashadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют