» » Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati musiqali drama teatrini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati musiqali drama teatrini borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr, yakshanba kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xorazm viloyati musiqali drama teatri 1975-yilda qurilgan. Prezident tashabbusi bilan shu kunlarda teatr binosi, jumladan, 572 tomoshabinga mo‘ljallangan zal kapital ta’mirlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan muloqotda teatr faoliyatining mazmun-mohiyatini yanada boyitish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak”, — dedi davlat rahbari.

Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy uy-joy qurib berish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют