» » Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Farg‘onada davom etmoqda

Qirg‘iziston teatrining ijodiy safari Farg‘onada davom etmoqda


O‘zbekistonda ijodiy safarini o‘tkazayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Farg‘ona viloyatida kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonlarga Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F. Jalolov boshchiligidagi o‘zbek teatr san’ati vakillari hamrohlik qilmoqda.

Qirg‘izistonlik teatr san’ati vakillari Farg‘ona shahrining diqqatga sazovor joylari — viloyat Teatr-konsert saroyi, Suv sport majmuasi, “Istiqlol” markaziy o‘yingohi bilan tanishtirildi.

Mazkur inshootlarning barchasi, xususan, Teatr-konsert saroyining hashamatli dizayni, me’moriy bezaklari, zamon talablariga mos texnik uskunalar bilan jihozlanganligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining Andijon va Namangan viloyatlari musiqali drama teatrlarida namoyish etilgan “Aykol Manas” spektakli Farg‘ona viloyat teatr-konsert saroyida tomoshabinlarga taqdim etiladi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют