» » Moskva va Maxachqal’ada terakt tayyorlayotgan IShID tarafdorlari qo‘lga olindi

Moskva va Maxachqal’ada terakt tayyorlayotgan IShID tarafdorlari qo‘lga olindi


Xavfsizlik organlari Rossiya IIV bilan hamkorlikda IShID terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining terakt tayyorlayotgani fosh etildi va uning oldi olindi. Bu haqda, Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

13 va 14-oktabr kunlari Moskva va Maxachqal’ada o‘tkazilgan operatsiyalar davomida IShIDning “uyqudagi” guruhining to‘rt nafar a’zosi qo‘lga olindi. Ularning barchasi Dog‘iston fuqarolaridir.

“Hozirgi paytda qo‘lga olinganlar IShID emissarlari bilan aloqalari haqida ko‘rsatmalar bermoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Maxachqal’ada jinoyatchilarga tegishli ikkita maxfiy joy aniqlangan. Ularda qo‘llashga tayyor uchta qo‘lbola portlovchi qurilmalar bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют