» » Saudiya qiroli AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatladi

Saudiya qiroli AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatladi


Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 14-oktabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Suhbat davomida qirol AQSh rahbarining Eronga nisbatan yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘z navbatida, Tramp qirolga minnatdorlik bildirib, mintaqada va jahonda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Yetakchilar, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar istiqbollarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 13-oktabr kuni AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda Vashington Tehronning “beqarorlashtiruvchi ta’siri”ga qarshi turadi hamda jahon hamjamiyatini Islom inqilobi muhofizlari korpusiga bosim o‘tkazish uchun birlashishga chaqiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют