» » AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarini kengaytirdi

AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarini kengaytirdi


AQSh Moliya vazirligi Eron fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan o‘z sanksiyalarini kengaytirdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Sanksiyaga uchragan Eron kompaniyalari ro‘yxatidan Fanamoj, Rastafann Ertebat Engineering Company va Shahid Alamolhoda Industries, shuningdek, Wuhan Sanjiang Import And Export Company Xitoy firmasi ham o‘rin olgan. Bundan tashqari Eronning Islomiy inqilob soqchilar korpusiga ham saksiyalar joriy etilgan.

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressga Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklash taklifini bermasligini ma’lum qilgandi.

Keyinroq Donald Tramp o‘zining Eron mummosi yechimiga qaratilgan yangi strategiyasini ma’lum qiladi. Amerika OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, u yadroviy dastur bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasidan chiqishni e’lon qilmaydi, ammo ayni paytda Tehron bilan 2015-yilda imzolangan kelishuvlarning bajarilishini ham tasdiqlamaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют