» » WP: Tramp kelasi hafta Eron bilan yadro bitimini bekor qiladi

WP: Tramp kelasi hafta Eron bilan yadro bitimini bekor qiladi


AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Eron yadro dasturi bo‘yicha xalqaro bitimning to‘xtatilishi haqida e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini qayta tiklash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ladi. Nashr manbalariga ko‘ra, Amerika prezidenti 12-oktabr kuni nutq so‘zlaydi. U yadro bitimi nima sababdan AQShning milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini aytadi. U ushbu masalada AQSh Kongressidan uni qo‘llab-quvvatlash va’dasini olib qo‘ymoqchi.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders brifing chog‘ida ma’lum qilishicha, Tramp allaqachon Eron tomonidan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi bajarilganini tan olish-olmaslik borasida muayyan qarorga kelib bo‘lgan. Vashington qanday chora ko‘rishini prezident yaqin kunlarda e’lon qiladi, dedi u.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют