» » Hillari Klinton Rossiya prezidentlikka saylovlar davomida unga zarar yetkazishga intilganini bildirdi

Hillari Klinton Rossiya prezidentlikka saylovlar davomida unga zarar yetkazishga intilganini bildirdi


Hillari Klinton Oq Uy rahbarligiga saylovlar davomida Rossiya unga pand berishga harakat qilganiga ishonchi komil. Bu haqda Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Ruslar Trampga yordam berish va menga ziyon yetkazishga, kengroq ma’noda aytganda, uni saylash va meni mag‘lub etishni istagandi”, — dedi Klinton.

Hillarining aytishicha, bu bir necha sabablar, jumladan, Rossiya rahbarining unga nisbatan shaxsiy munosabati tufayli ro‘y berdi.

“Razvedkamiz, jumladan, Davlat departamentini boshqarganimda Rossiyadagi inson huquqlari buzilishi, nolegitim saylov kampaniyasi haqida ochiq gapirganim uchun Putin meni yoqtirmasligi haqida ma’lum qilgandi”, — ta’kidladi sobiq birinchi xonim.

Hillari Klinton Putin “NATO, Yevroittifoq va AQSh barqarorligiga putur yetkazish” niyatida ekanligini bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют