» » Farruh Zokirov, Dj Piligrim va Shahzoda Toshkentda o‘tkazilgan butunjahon musiqa kunida qo‘shiq kuyladi

Farruh Zokirov, Dj Piligrim va Shahzoda Toshkentda o‘tkazilgan butunjahon musiqa kunida qo‘shiq kuyladi


13-oktabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Deniel Perlning 15-an’anaviy Butunjahon musiqa kunini nishonladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Gala-konsert AQSh elchixonasining Chilonzordagi sobiq binosida bo‘lib o‘tdi.

Farruh Zokirov, Shahzoda, Dj Piligrim kabi taniqli san’atkorlar bilan birga IWALF Band, Archi Sandens, Yanset Bagdalova va Janna Kim kabi yosh xonandalar ham chiqish qilgan konsertga 500 ga yaqin mehmon tashrif buyurdi.

Yosh xonandalar 30 dan ortiq iste’dodlar orasidan Facebook orqali tanlab olindi.

“Sizning konsertdagi ishtirokingiz musiqa to‘siqlarni yengib, turli madaniyat, din va millatlar vakillarini birlashtirishga qodir ekanligini isbotlaydi. Bugungi konsertda o‘zining xonandalik faoliyatining ilk bosqichida turgan bir qator yosh xonandalar amerikalik san’atkorlarning mashhur qo‘shiqlarini o‘zbek musiqa san’atining taniqli namoyondalari bilan ingliz tilida ijro etmoqda”, — deydi AQShning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari.

Deniel Perlning butunjahon musiqa kunlari har yili an‘anaviy tarzda dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazib kelinadi. Konsertlar orqali millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, sabr-bardosh va insoniylik ulug‘lanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют