» » O‘zbekistonga kelgan Ramzan Qodirov, 2018-yilda 15 kun davom etadigan test imtihonlari, Qirg‘izistonning yangi prezidenti va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekistonga kelgan Ramzan Qodirov, 2018-yilda 15 kun davom etadigan test imtihonlari, Qirg‘izistonning yangi prezidenti va kunning boshqa muhim xabarlari


16-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Jeenbekov amaldagi prezident Atamboyevning yo‘lini davom ettirishga va’da berdi.

2. 2018-yildan imtihonlar bir kun emas, 15 kun davom etadi. Test javoblari esa bir kunda chiqadi. Bu haqda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov ma’lum qildi.

3. Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov O‘zbekistonga keldi. U Toshkentda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyev xorazmlik qizga Spark sovg‘a qildi. Bu qiz 10 yildan beri sportning karate turi bilan shug‘ullanib keladi, jahon chempioni.

5. 18-oktabrdan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Xabar berishlaricha, chorshanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar va kuchli shamol kuzatiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют