» » Moskvada o‘ldirilgan sartarosh Doston Odilxonov 17-oktabr kuni Farg‘onada dafn etiladi

Moskvada o‘ldirilgan sartarosh Doston Odilxonov 17-oktabr kuni Farg‘onada dafn etiladi


Moskvada ko‘ngli to‘lmagan mijoz tomonidan o‘ldirib ketilgan o‘zbekistonlik sartarosh Doston Odilxonovning jasadi 17-oktabr, seshanba kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Farg‘onaga yetkaziladi, deb yozadi “Nuz.uz”. O‘zbekiston fuqarosining Moskvada o‘ldirib ketilgani haqida rasmiy xabar esa haligacha yo‘q.

Doston haqida Oybek Axmedov nashrga gapirib bergan. Uning aytishicha, Dostonning oilasi Farg‘ona tashqarisida nochorlikda kun kechiradi. “Bugun Dostonning ota-onasi yashaydigan uyga bordim. Ular juda nochor yashashadi. Ota-onasining yagona tayanchi bo‘lgan Doston bir yil avval Moskvaga ishlash uchun ketib, pul yuborishni ham boshlagan edi”, — dedi Oybek.

Marhumning onasiga o‘g‘lining o‘limi haqida hali ma’lum qilishmagan, uni reanimatsiyada deb aytishgan. “Shundoq ham u yaqinda insultni boshidan kechirgan. Otasi ham xasta, zo‘rg‘a oyoqda turibdi. Bilmadim, ular hayotlaridagi eng qimmatli narsadan ajralgach, buyog‘iga qanday yashasharkan”, — dedi Oybek.

Dostonning minnatdor mijozlari o‘sha kuniyoq marhumning jasadini O‘zbekistonga jo‘natib yuborish uchun pul yig‘ishni boshladi. Keyinroq Facebook foydalanuvchilari ham marhumning oilasi uchun mablag‘ to‘plashni boshladi.

“Bu voqeaga bee’tibor bo‘lmaganlarni mablag‘ yig‘ishga chaqiraman. Yigit Oxunboboyev dahasidagi Al Xorazmiy ko‘chasida yashardi, Dostonning otasining ismi Rustam aka. Do‘stlar, oila nochor, shuning uchun har qanday yordamingiz kerakli. Dostonni ertaga (17-oktabrda) Moskvadan kechki reys bilan olib kelishadi. Mablag‘ yig‘ish bilan Natalya Valeryevna shug‘ullanmoqda”, — deb yozdi Jasurbek Ne’matov Facebook’dagi guruhlardan birida.

Nashrga ma’lum bo‘lishicha, Dostonni 17-oktabr kuni kechki payt dafn qilishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Moskvadagi sartaroshxona rahbariyati Dostonning shaxsi va o‘sha mash’um kun tafsilotlari haqida gapirib berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют