» » Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga Chechenistonga tashrif buyurishni taklif etdi

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga Chechenistonga tashrif buyurishni taklif etdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekistonga borishni ko‘pdan beri orzu qilib kelgan. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston va uning poytaxti bilan uchrashishni ko‘pdan beri kutayotgandim. Toshkentda muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Shavkat Miromonovichga do‘stona va samimiy suhbat uchun minnatdorlik bildiraman. U kishi otam, Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad hoji Qodirovni sirtdan juda yaxshi bilgani, terrorizmga qarshi kurashidan xabardor ekanligi men uchun yangilik bo‘ldi. Bu haqda otamning ustozi, oilamizning yaqin do‘sti shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf u kishiga ko‘p gapirib bergan ekan”, — ta’kidladi Qodirov.

Checheniston rahbariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev bilan muloqoti davomida O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish, ularga tizimli tus berish va yuqori darajaga olib chiqish haqida kelishib olgan. Iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat, sport, investitsiya siyosati bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etilgan.

“O‘zbekiston xalqi Allohning inoyati bilan Shavkat Miromonovich timsolida xalqi, mamlakatini cheksiz sevadigan, butun hayotini Vatanga xizmat qilish uchun bag‘ishlashga tayyor haqiqiy yetakchiga ega bo‘lganiga ishonch hosil qildim. U O‘zbekistonni iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan, barqaror davlatlar qatoriga qanday olib chiqishni biladi! Shavkat Miromonovichga o‘ziga qulay vaqtda Chechenistonga tashrif buyurishni taklif etdim! Prezident Grozniyga kelishni va’da qildi!” — deyiladi Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida qoldirgan yozuvda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют