» » Huawei Mate 10 Pro rasman taqdim etildi: “iPhone 8’dan ham qimmatroq turuvchi “xitoylik” (foto)

Huawei Mate 10 Pro rasman taqdim etildi: “iPhone 8’dan ham qimmatroq turuvchi “xitoylik” (foto)


Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining yangi Mate 10 hamda Mate 10 Pro flagmanlarini Myunxenda taqdim etdi. Yangi flagman “neyron protsessor”, hoshiyasiz ekran, ikkita kamera va boshqa qiziqarli jihatlarga ega, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Huawei Mate 10 Pro xuddi Xiaomi Mi Mix2, LG G6, Samsung Galaxy S8 hamda Essential Phone kabi hoshiyasiz ekranga ega bo‘ldi. Quvvatlantirish va ovozni sozlash tugmasi qurilmaning o‘ng tomonidan, barmoq izi skaneri — orqa paneldan o‘rin olgan.

Shuningdek, smartfonga Leica tomonidan yaratilgan ikkita kamera o‘rnatilgan. Qurilma orqa paneli oynadan yasalgan, uning dizayni ustida yana bir bor Porsche byurosi ish olib bordi.

Bundan tashqari, Huawei birinchi bor IP67 himoya sertifikatiga ega bo‘ldi. Smartfon suratlardagi tasvirni taniy oladi, bu esa turli obyektlarni suratga olish vaqtida ularning sifatini avtomatik tarzda yaxshilash imkoni beradi.

Huawei Mate 10 Pro’ning texnik tavsifi:

Huawei Mate 10 Pro’ning 128 gigabaytlisi Yevropada noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab 799 yevrodan, 256 gigabaytlisi 1395 yevrodan sotiladi. Bu Samsung Galaxy 8’dan arzonroq, biroq iPhone 8’dan qimmatroq demakdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют