» » Toshkentda Huawei GT3 smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Huawei GT3 smartfoni sotuvga chiqdi


Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda GT3 modelini sotishni boshladi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Ushbu telefon jamoatchilikka 2016-yilning iyunida taqdim etilgan edi va oradan bir yil o‘tgach u O‘zbekiston bozorlarida ham paydo bo‘ldi. GT3 smartfonining texnik tavsifi hamda dizayni Honor 5C modeliga juda o‘xshash.

Yangi modelning o‘ziga xos jihati: 5,2 dyuymli FHD-displey, 64 bitli 8 yadroli protsessor, 13 hamda 8 megapikselli kamera, shuningdek, barmoq izi skanerining 2-avlodi. Smartfon kulrang hamda tillaranglarda sotilmoqda. Telefon korpusi metall va oynadan ishlangan.

Smarfonning tezkor xotirasi 2 gigabaytga, ichki xotirasi esa 16 gigabaytga teng. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soatni tashkil etganligi sabab, smartfon o‘rtacha yuklama bilan 2 kun, yuqori yuklama bilan esa 1,3 kun, “kutish” rejimida 355 soat ishlay oladi. Shuningdek, GT3’da Huawei tomonidan patentlangan Intelligent Power Saving Technology quvvat tejovchi texnologiyasi qo‘llanilgan. Shu bilan birga, LTE texnologiyasi, barmoq izi skaneri ham mavjud.

Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi. Huawei GT3 smartfonining narxi Toshkent savdo markazlarida 1 340 000 so‘mga baholangan.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют