» » Nokia 3310’ning davomchisi hamda Nokia 3 va 5 arzon smartfonlari taqdim etildi

Nokia 3310’ning davomchisi hamda Nokia 3 va 5 arzon smartfonlari taqdim etildi


Nokia brendi huquqiga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi afsonaviy Nokia 3310 tugmali telefonining davomchisini, shuningdek, Android’da ishlovchi yangi Nokia 3 va 5 arzon smartfonlarini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Nokia 3310 davomchisining xususiyatlari e’lon qilinmadi, ammo u suhbat rejimida 22 soat ishlay oladi, unga ikkita sim-karta o‘rnatish mumkin. Tashqi jihatdan telefon jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, yoshlarbop ko‘rinish oldi. Qora, to‘q sariq, sariq, kulrang tuslari paydo bo‘ldi.

Telefon 2017-yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqadi. U 49 yevrodan sotiladi.

Nokia 5 korpusi butun alyuminiy bo‘lagidan yasalgan bo‘lib, qora, kumushrang, indigo va mis ranglarida chiqariladi. Displey ostida barmoq izi skaneri joylashgan. Narxi — 200 dollar.

Shuningdek, Nokia 5 5,2 dyuymli ekran, Snapdragon 430 protsessori, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+ microSD), 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Nokia 3 korpusi esa plastikdan yasalgan bo‘lib, metall romga ega. U 5 dyuymli displey, MTK 6737 protsessori, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+ microSD), 2640 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Narxi — 147 dollar.

Telefonlarning barchasi Android 7.1.1 Nougat versiyasida ishlaydi, Google Assistant ovozli yordamchisiga ega bo‘ladi va Google Photos fotosuratlar omboridan cheksiz foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют