» » Krishtianu Ronaldu xalqaro maydonda gol urish bobida jahon rekordini o‘rnatdi

Krishtianu Ronaldu xalqaro maydonda gol urish bobida jahon rekordini o‘rnatdi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasining “Tottenhem”ga qarshi o‘yinida gol urib, “Real”ni mag‘lubiyatdan qutqardi va o‘zi jahon rekordini o‘rnatdi.

1 yil davomida xalqaro maydonda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord shu kungacha Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u 2012-yil Argentina terma jamoasi va “Barselona”ning xalqaro maydondagi o‘yinlarida 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. 2013-yil esa bu rekordni Krishtianuning o‘zi yangilab, Portugaliya va “Real”ning xalqaro o‘yinlarida 25 ta gol urishga erishgandi.

2017-yilgi mavsum esa Krishtianu uchun yanada omadliroq keldi. U Portugaliya termasi va “Real”ning xalqaro o‘yinlarida hozirgacha 26 ta gol urdi. Shularning 15 tasi “Real” uchun urildi, qolgan 11 ta gol Portugaliya termasi safida.

Biroq bu hali yakun emas. 2017-yil hisobidan Ronalduni xalqaro maydonda kamida 7 ta uchrashuv kutib turibdi. U Portugaliya safida 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida yana 2 ta uchrashuv o‘tkazishi va Chempionlar Ligasi guruh bosqichining yana 3 ta o‘yinida qatnashishi kerak. Demak, u 26 talik rekordini yanada ko‘paytirib qo‘yish imkoniyatiga ega.

Krishtianu Ronaldu JCh—2018 saralashini 15 ta gol bilan Robert Levandovskidan keyin 2-o‘rinda yakunladi. Bu futbolchilar 1 ta saralash siklida eng ko‘p gol urgan futbolchilar sifatida tarixga kirdi.

Ronaldu 2017-yil hisobidan Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida katta yurishni amalga oshirib, “Real”ning tarixiy — ketma-ket ikkinchi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Bunda hujumchi Yevropada himoyasi eng kuchli deb qaraladigan uch klub — “Bavariya”, “Atletiko” va “Yuventus” postiga jami 10 ta gol urdi.

Joriy mavsumning dastlabki uch turida Ronaldu 5 ta urib ulgurdi. Bu borada u “Tottenhem” hujumchisi Harr Keyn bilan to‘purarlar poygasida qo‘shhokim bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют