» » “Roma” Londonga kelib, Antonio Konte va “Chelsi”ga sof italyancha futbolni ko‘rsatib ketdi

“Roma” Londonga kelib, Antonio Konte va “Chelsi”ga sof italyancha futbolni ko‘rsatib ketdi


Madridning “Atletiko” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qolib ketishi ham mumkin.

Musobaqa g‘olibligi uchun da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Atletiko” guruh bosqichini Rimdagi golsiz durang bilan boshlagan bo‘lsa, Vanda Metropolitano’dagi ilk xalqaro o‘yinda “Chelsi”dan yengilgandi — 1:2. Madridlik futbolchilar bu safar Ozarbayjonda Qorabog‘ni ham yenga olmadi — 0:0. Shu tariqa “Atletiko” 3-turni faqatgina 2 ochko bilan yakunladi.

“Roma” esa Ozarbayjonda “Qorabog‘”ni taslim qilgandi — 2:1. Endi rimlik futbolchilar Londonda “Chelsi” darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvni 2 ta gol ustunligi boshlagan Antonio Konte jamoasi, yakunda mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi.

Shunga qaramay, “Chelsi” 7 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Klub Chempionlar Ligasining “Stemford Bridj”da kechadigan o‘yinlarida yaqin orada 3 ta gol o‘tkazib yubormagandi. Rimliklar esa Angliya chempionini shunga majbur qila oldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“C” guruhi. 3-tur
18-oktabr, chorshanba

Chetlatish: Dino Ndlovu, 75 (Q).

Gollar: David Luis, 11 (1:0). Eden Azar, 37 (2:0). Aleksandar Kolarov, 40 (2:1). Edin Jeko, 64 (2:2). Edin Jeko, 70 (2:3). Eden Azar, 75 (3:3).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют