» » Kvebek rasmiylari davlat xizmati va jamoat joylarida paranjida yurishni taqiqladi

Kvebek rasmiylari davlat xizmati va jamoat joylarida paranjida yurishni taqiqladi


Kanadaning Kvebek provinsiyasi parlamenti davlat xizmatchilariga yuzni yopadigan liboslar (paranja, niqob, burqa va h.k.) kiyishni, shuningdek, jamoat joylarida ushbu liboslarda yurishni taqiqlaydigan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

2018-yil 1-iyulida kuchga kiradigan davlat tomonidan dinga nisbatan xolislikning saqlanishi to‘g‘risidagi qonun jamoat transporti va kutubxonada bu kabi liboslarda yurishni man etadi.

“Biz shunchaki muloqot, identifikatsiya va xavfsizlik bilan bog‘liq sabablar tufayli davlat xizmatchilari ochiq yuz bilan yurishi va muloqot qilishi lozimligini aytmoqchimiz, — dedi Kvebek bosh vaziri Filipp Kuyyar jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida. — Biz ochiq demokratik jamiyatda yashaymiz. Men bilan gaplashyapsizmi — yuzingizni ko‘rishim lozim, siz esa mening yuzimni ko‘ring. Bu juda oddiy”.

Shimoliy Amerikada bunday taqiq birinchi marta joriy etilishi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют