» » Bundestag davlat xizmatchilari va sudyalarga niqob va paranjidan foydalanishni taqiqladi

Bundestag davlat xizmatchilari va sudyalarga niqob va paranjidan foydalanishni taqiqladi


Germaniya parlamentining quyi palatasi davlat xizmatchilari, sudyalar va harbiylarning ish vaqtida niqob va paranji kabi musulmoncha bosh kiyimlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Qonun loyihasining asoslash qismida qayd etilishicha, yuz qismini yashiruvchi bosh kiyimlari davlat xizmatchilari amal qilishi lozim bo‘lgan “betaraflik tamoyili”ga ziddir.

Qonun loyihasi musulmon ayollarga hujjatlar uchun ochiq yuz bilan suratga tushishi majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, ular huquqni muhofaza qilish organlarining asosli talablari bo‘yicha, masalan, hujjatlarni tekshirish vaqtida shaxsni tasdiqlash uchun yuzlarini ochishlari kerak bo‘ladi.

Qonun kuchga kirishidan avval uni Germaniya parlamentining yuqori palatasi ma’qullashi lozim.

Ma’lumot uchun, u yoki bu musulmoncha bosh kiyimlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunlar bungacha Yevropaning bir qator mamlakatlarida, xususan, Avstriya va Niderlandiyada qabul qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют