» » Toshkentda 17-oktabr kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida chilonzorlik ayol vafot etdi

Toshkentda 17-oktabr kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida chilonzorlik ayol vafot etdi


Toshkentda 17-oktabr kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi ayolning ustiga daraxt shoxi sinib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hodisa oqibatida ayol turli darajada tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, u shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Vazirlikning qayd etishicha, 17-oktabr kuni Toshkent shahri va Buxoro viloyatida shamol tezligi soniyasiga 32 metrgacha kuchaygan. Oqibatda ayrim ma’muriy binolar va uylarning tom qismlariga zarar yetgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi dovul: qulagan daraxtlar va uchib ketgan tomlar (foto va video)

Daraxt shoxlarining sinib tushishi sababli ba’zi fuqarolarning avtotransport vositalariga shikast yetgan, avtomobil yo‘llarida tirbandliklar yuzaga kelgan. Toshkentning ayrim hududlarida elektr liniyalarining uzilishi tufayli elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lgan.

Xabar berishlaricha, mahalliy boshqaruv organlari, avariya-qutqaruv xizmatlari tomonidan yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют