» » Toshkent yuridik kollejida ikki o‘quvchi kollejdoshi tomonidan pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Toshkent yuridik kollejida ikki o‘quvchi kollejdoshi tomonidan pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi


Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida shu kollejning uch o‘quvchisi o‘rtasida 6-oktabr kuni yuz bergan kelishmovchilik ulardan birining o‘limi bilan tugadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

IIBB matbuot xizmatining yozishicha, 6-oktabr kuni soat 10:05 da Uchtepadagi Toshkent yuridik kollejida shu kollejning 3-bosqich o‘quvchilari — 2000-yilda tug‘ilgan Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev va 1999-yilda tug‘ilgan Rahmatilla Yorqoriyev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

“Oqibatida o‘zaro janjallashib, Saidkamron Saidvohidov pichoq bilan Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Natijada Parpiboyev “Chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati. Faol qon ketishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM)ga yotqizilgan va olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Yorqoriyevga RShTYoIMda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют